Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Turkmanistonda dengizga chiqish imkoniga ega bo‘lmagan davlatlar Transport vazirlari ishtirokidagi xalqaro konferensiya o‘z ishini boshladi

Chop etish Sahifani ulashish
15.08.2022 3789 Yangiliklar

 

Bugun Turkmanistonning "Avaza" milliy sayyohlik zonasida dengizga chiqish imkoniga ega bo‘lmagan davlatlar Transport vazirlarining “Ashxobod jarayoni: o‘zaro bog‘liqlikni kuchaytirish uchun” mavzusidagi Xalqaro konferensiya o‘z ishini boshladi.

 

Turkmaniston tashabbusi bilan BMT shafeligida o‘tkazilayotgan tadbirda 30 dan ortiq davlatlar delegatsiyalari, xalqaro va ixtisoslashgan tashkilotlar rahbarlari, xalqaro moliya institutlari, banklar vakillari ishtirok etishmoqda.

 

Mazkur konferensiyada O‘zbekiston Respublikasi Transport vaziri Ilhom Mahkamov boshchiligidagi delagatsiya ishtirok etmoqda.

 

Anjumanda BMT tomonidan ishlab chiqilgan tavsiyalarni amalga oshirish hamda mintaqadagi o‘zaro bog‘liqlikni kuchaytirishning amaliy jihatlari muhokama qilinib, yangi takliflar ishlab chiqilishi ko‘zda tutilgan.