Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Xalqaro hamkorlik

Chop etish Sahifani ulashish
16.07.2024 52 Yangiliklar

Transport vaziri o‘rinbosari Jasurbek Choriyev AQShning Global infratuzilma va investitsiyalar bo‘yicha hamkorlikning maxsus koordinatori vazifasini vaqtinchalik bajaruvchisi Helaine Matz bilan uchrashdi.

 

Uchrashuvda transport va logistika infratuzilmasini rivojlantirishga qaratilgan loyihalarni amalga oshirish va ushbu jarayonlarga xususiy moliyalashtirishni jalb qilish masalalari muhokama etildi.

 

Xususan, tomonlar Transkaspiy transport yo‘lagini rivojlantirishga qaratilgan infratuzilma loyihalari, mamlakatimiz hududlarida multimodal logistika markazlari va “A” klassdagi omborxonalarni rivojlantirish, ayrim temir yo‘l stansiyalarining o‘tkazish qobiliyatini oshirishga qaratilgan loyihalarni moliyalashtirish yuzasidan fikr almashdi.