Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Elektron plombalarni qo‘llagan holda avtotransport vositalarini kuzatib borish tizimi bo‘yicha e’lon

Chop etish Sahifani ulashish
13.08.2021 4680 Yangiliklar

Xalqaro yuk tashishlarda elektron plombalarni qo‘llagan holda avtotransport vositalarini kuzatib borish tizimini tajriba-sinovdan o‘tkazish uchun manfaatdor tashkilotlarni jalb etish bo‘yicha e’lon

Davlat bojxona qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 8 iyuldagi “Xalqaro yuk tashishlarda elektron plombalarni qo‘llagan holda avtotransport vositalarni kuzatib borish tizimini joriy etish to‘g‘risida”gi 428-son Qaroriga asosan, “Elektron plombalar orqali O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududiga tovarlarning noqonuniy kirishining oldini olish hamda harakatlanayotgan tovar
va transport vositalarini sifatli bojxona nazoratini ta’minlash bo‘yicha choralarni o‘z vaqtida ko‘rish imkonini byeruvchi tovar va transport vositalarini kuzatish tizimini test rejimida joriy etish” bo‘yicha quyidagilarni ma’lum qiladi.
Elektron plombalar bo‘yicha tajriba-sinov loyihasida qatnashadigan manfaatdor tashkilotlar tomonidan quyidagi shartlar amalga oshirilishi lozim:
1. Elektron plombalar tizimi xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlar tomonidan dastlabki bosqichda beg‘araz asoslarda (bepul 3 oydan kam bo‘lmagan muddatga yoki 500 ta transport vositalarida) sinov tariqasida ishga tushirilishi.
2. Elektron plombalar dasturiy ta’minoti va syervyer yoki boshqa qurilma bilan ta’minlanishi (DBQda o‘rnatilishi);
3. Elektron plombalar soni 50 (ellik) donadan kam bo‘lmasligi lozim.
4. Elektron plomba tizimini amaliyotda foydalanish uchun Davlat bojxona qo‘mitasi va manfaatdor tashkilotlar o‘rtasida tuzilgan shartnoma talablari asosida amalga oshiriladi.
Murojaat va takliflar 2021 yil 25 avgust kuni soat 18-00 ga qadar qabul qilinadi.
Murojaat va takliflarning kelib tushish muddati Davlat bojxona qo‘mitasida ro‘yxatga olingan kun hisoblanadi.
Takliflar Davlat bojxona qo‘mitasi tomonidan ishlab chiqilgan texnik talabnoma (ilova qilinadi) asosida taqdim etilishi lozim.
Qo‘shimcha ma’lumotlar olish uchun 99878 120-76-00 (ichki raqam 53-35
va 53-07) telefon raqamiga murojaat qilishingiz mumkin.
Hujjatlar quyidagi manzilda qabul qilinadi: O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Islom Karimov ko‘chasi 3 uy, indeks 100003.

 

Texnik talabnomani yuklab olish