Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Inson resurslarini boshqarish va rivojlantirish bo‘yicha seminar-trening o‘tkazildi

Chop etish Sahifani ulashish
22.01.2025 186 Yangiliklar

Ayni kunlarda Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) bilan hamkorlikda “Davlat xizmatchilarining salohiyatini oshirish dasturi” loyihasini amalga oshirmoqda. 

 

Mazkur loyiha doirasida bugun Transport vazirligi, Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi va Koreya davlat boshqaruvi instituti mas’ullari ishtirokida inson resurslarini boshqarish (HRM) modelini ishlab chiqish, biznes jarayonlari reinjiniringi (BPR) tahlilini o‘tkazish, HRM va BPR modelini sinovdan o‘tkazish, shuningdek, professiografik tahlil (job analysis) bo‘yicha seminar-trening o‘tkazildi.

 

Eslatib o‘tamiz, “Davlat xizmatchilarining salohiyatini oshirish dasturi” nomli Q-DEEP loyihasi O‘zbekiston va Koreya hamkorligida ishlab chiqilgan bo‘lib, mamlakatimizda davlat xizmatini modernizatsiya qilishga ko‘maklashish, kadrlar salohiyatini boshqarish va rivojlantirish (HRM) bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish, pilot vazirliklarda biznes jarayonlarining reinjiniringini (BPR) o‘tkazishga yo‘naltirilgan.